BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI ERKIN KURASHCHILARDA TEZLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Авторы

  • Fayzullayeva Maftuna Lutfulla qizi Fayzullayeva Maftuna Lutfulla qizi Автор

Ключевые слова:

erkin kurash, boshlangʻich tayyorgarlik, tezlik, tezkorlik, reaksiya tezligi, maxsus mashqlar, yosh sportchilar.

Аннотация

Maqolada 11–12 yoshli, boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida shugʻullanuvchi erkin kurashchilarda tezlik sifatini rivojlantirishning mazmuni, vositalari va metodikasi yoritilgan. Mashqlar majmuasi ushbu yosh guruhiga moʻljallangan sport sinovlari koʻrsatkichlari -30 metrga va 60 metrga yugurish, 3×10 metr mokisimon yugurish — bilan uzviy bogʻlandi. Pedagogik tajriba modeli 24 nafar yosh kurashchini ikki guruhga ajratish asosida ishlab chiqildi. Tajriba guruhida qisqa masofaga tezlanish, signalga javob berish, yoʻnalishni oʻzgartirish, kurash holatida siljish va kurashga xos tezkor harakatlar tizimli ravishda qoʻllandi. Model natijalarida tajriba guruhi barcha asosiy tezlik testlari boʻyicha nazorat guruhiga nisbatan yuqoriroq ijobiy dinamika koʻrsatdi. Natijalar boshlangʻich bosqichda tezlikni rivojlantirishni umumiy yugurish bilan cheklamasdan, kurash faoliyatiga yaqin sharoitdagi reaksiya va tezkor harakatlar bilan uygʻunlashtirish maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.

Биография автора

  • Fayzullayeva Maftuna Lutfulla qizi Fayzullayeva Maftuna Lutfulla qizi

    Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi uslubchisi

Библиографические ссылки

1. Adilov S.Q. — Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash). Oʻquv qоʻllanma. Toshkent: “Fanlar akademiyasi bosmaxonasida” nashr etilgan 2019. – B.221

2. Tastanov N.A. – Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. Darslik “Sano-standart” Toshkent. 2017. – 480 b.

3. F.A.Kerimov – “Sportda ilmiy tadqiqotlar” Darslik. T., 2023 yil.

4. Platonov V.N. “Sport trenirovkasining umumiy nazariyasi”. Kiev, 2015.

5. Matveyev L.P. “Sport trenirovkasining nazariyasi va metodikasi”. Moskva, 2010.

Опубликован

2026-09-19

Как цитировать

BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI ERKIN KURASHCHILARDA TEZLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. (2026). Научные исследования в спорте, 4(4), 411-416. https://www.jtsiti-journal.uz/index.php/sport/article/view/230