BOLALARNING SPORT GIMNASTIKASIGA MOYILLIGINI ANIQLASH VA BASHORAT QILISH USULLARI
Ключевые слова:
sport gimnastikasi, dastlabki saralash, antropometrik koʻrsatkichlar, funksional-motor koʻrsatkichlar, gimnastikaga moyillik, bashorat modeli, regressiya tahlili, egiluvchanlik.Аннотация
Tadqiqotning maqsadi 6-8 yoshli bolalarni sport gimnastikasiga dastlabki saralashda ularning tana tuzilishi va jismoniy koʻrsatkichlari asosida gimnastikaga moyilligini baholash hamda oldindan aniqlashdan iborat. Tadqiqotda sport gimnastikasi bilan shugʻullanuvchi 72 nafar bolaning boʻyi, tana massasi, tana qismlarining uzunligi, tana yogʻ miqdori va egiluvchanlik darajasi oʻrganildi. Olingan natijalar statistik usullar yordamida tahlil qilindi.
Natijalarga koʻra, egiluvchanlik, qoʻl va oyoq uzunliklari nisbati hamda tana yogʻ miqdori bolalarning sport gimnastikasiga moyilligini baholashda muhim koʻrsatkichlar ekanligi aniqlandi. Ishlab chiqilgan bashorat modeli bolalarning gimnastikaga moyilligidagi farqlarning 58 foizini tushuntirdi (R² = 0,58). Tadqiqot natijalari bolalarni sport gimnastikasiga dastlabki saralashda tana tuzilishi va jismoniy koʻrsatkichlarni birgalikda baholash istiqbolli bolalarni aniqlashga yordam berishini koʻrsatdi.
Библиографические ссылки
1. Balʼsevich V.K. Sport uchun bolalarni tanlash asoslari. — Moskva: Fizkultura i sport, 2019. — 224 b.
2. Guba V.P. Yosh sportchilarni sport faoliyatiga tanlashning morfobiomexanik asoslari. — Moskva: Sovetskiy sport, 2020. — 208 b.
3. Bulgakova N.J. Sportda tanlash va koʻp yillik tayyorgarlik. — Sankt-Peterburg: SPbGAFK, 2018. — 176 b.
4. Ashmarin B.A. Jismoniy tarbiyada pedagogik tadqiqot nazariyasi va metodikasi. — Moskva: Prosveshcheniye, 2017. — 287 b.
5. Karimov B.X., Toshpoʻlatov Sh.A. Yosh gimnastlarni boshlangʻich tanlash va tayyorlash metodikasi. — Toshkent: OʻzDJTSU nashriyoti, 2022. — 164 b.
6. Sands W.A., Slater C., Murray S.R., Stone M.H. Anthropometry and Somatotypes of Elite Gymnasts // Science of Gymnastics Journal. — 2021. — Vol. 13, No. 2. — P. 145-158.