OLIY SPORT MAHORATI BOSQICHIDAGI SHAXMATCHILAR TAKTIK KREATIVLIGINI INDIVIDUAL PROFIL ASOSIDA DIAGNOSTIKA QILISH VA MASHGʻULOTLARNI INDIVIDUALLASHTIRISH

Авторы

  • B.F.Egamberdieva B.F.Egamberdieva Автор

Ключевые слова:

shaxmat, taktik kreativlik, individual profil, brilliant yurish, diagnostika, oliy sport mahorati, individuallashtirish, qaror aniqligi, samaradorlik, monitoring.

Аннотация

Maqolada oliy sport mahorati bosqichidagi shaxmatchilarning taktik kreativligini bir koʻrsatkich bilan emas, balki oʻzaro bogʻlangan diagnostik komponentlar majmui orqali baholash va olingan natijalarni individual mashgʻulot mazmuniga aylantirish muammosi koʻrib chiqilgan. Ilgari 20 nafar eng yosh grossmeysterning 8032 ta partiyasi boʻyicha olingan empirik material qayta metodik talqin qilinib, brilliant yurish mavjud 1217 ta partiya individual profilning chastota komponentini asoslash uchun referent baza sifatida qoʻllanildi. Ushbu tanlanmada brilliant yurishli partiyalarning jamlangan ulushi 15,15 foizni, individual ulushlarning oʻrtacha qiymati esa taxminan 15,4 foizni tashkil etgan; individual diapazon 9,8–22,7 foiz oraligʻida boʻlgan. Tadqiqotda BMF, PCI, DA, CE va SI indikatorlaridan tashkil topgan taktik-kreativ profil (TKP)ning metodik modeli taklif etildi. Modelning asosiy vazifasi shaxmatchilarni reytinglash emas, balki sportchining taktik-kreativ faoliyatidagi yetakchi va cheklovchi komponentlar nisbatini aniqlashdir. Diagnostika natijalarini “profil – cheklovchi komponent – maqsadli mashgʻulot bloki – qayta monitoring” algoritmi orqali mashgʻulot jarayoniga integratsiya qilish mexanizmi ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuv KMS va undan yuqori malakali shaxmatchilar tayyorgarligini individuallashtirish, taktik qarorlar sifatini monitoring qilish va murabbiylik qarorlarini dalillarga asoslangan shaklda qabul qilish uchun qoʻllanishi mumkin.

Биография автора

  • B.F.Egamberdieva B.F.Egamberdieva

    Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tayanch doktoranti

Библиографические ссылки

1. Egamberdieva B., Ishtayev J., Korobeynikov G., Khasanov O., Gapparov Z., Xursanova R., Pirmatov O., Juraev I. Brilliant moves in chess and early grandmaster success: a study of the worldʼs youngest grandmasters. Slobozhanskyi Herald of Science and Sport. 2025;29(2):151–166. DOI: 10.15391/snsv.2025-2.06.

2. Bilalić M., Graf M., Vaci N. Computers and chess masters: The role of AI in transforming elite human performance. British Journal of Psychology. 2026;117(2):585–609. First published online 5 December 2024. DOI: 10.1111/bjop.12750.

3. Lane D.M., Chang Y.H.A. Chess knowledge predicts chess memory even after controlling for chess experience: Evidence for the role of high-level processes. Memory & Cognition. 2018;46(3):337–348. DOI: 10.3758/s13421-017-0768-2.

4. Charness N., Tuffiash M., Krampe R., Reingold E., Vasyukova E. The role of deliberate practice in chess expertise. Applied Cognitive Psychology. 2005;19(2):151–165. DOI: 10.1002/acp.1106.

5. Development and validation of the Scale of Aesthetics and Creativity in Chess. Frontiers in Psychology. 2025. DOI: 10.3389/fpsyg.2025.1545846.

6. Silver D., Hubert T., Schrittwieser J., Antonoglou I., Lai M., Guez A., et al. A general reinforcement learning algorithm that masters chess, shogi, and Go through self-play. Science. 2018;362(6419):1140–1144. DOI: 10.1126/science.aar6404.

7. Egamberdieva B.F. Artificial Intelligence in High-Level Chess Preparation. Oʻzbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2025;47.

8. Howard R.W. Practice other than playing games apparently has only a modest role in the development of chess expertise. British Journal of Psychology. 2013;104(1):39–56. DOI: 10.1111/j.2044-8295.2011.02097.x.

9. Gobet F. The psychology of chess. London: Routledge; 2018.

10. de Groot A.D. Thought and Choice in Chess. The Hague: Mouton; 1965.

Опубликован

2026-10-05

Как цитировать

OLIY SPORT MAHORATI BOSQICHIDAGI SHAXMATCHILAR TAKTIK KREATIVLIGINI INDIVIDUAL PROFIL ASOSIDA DIAGNOSTIKA QILISH VA MASHGʻULOTLARNI INDIVIDUALLASHTIRISH. (2026). Научные исследования в спорте, 4(4), 488-498. https://www.jtsiti-journal.uz/index.php/sport/article/view/240